Ukraina bosh vaziri: qarshi hujum yozgacha qoldirilishi mumkin
Ukraina qurolli kuchlarining bosib olingan hududlarni ozod qilish bo‘yicha qarshi hujumi yozgacha qoldirilishi mumkin, deya ma’lum qildi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal.
«Biz do‘stlarimiz va hamkorlarimiz tomonidan hujum boshlanishi vaqti bo‘yicha bosim sezmayapmiz, - dedi u Amerikaning The Hill nashriga bergan intervyusida. - Bizning barcha do‘stlarimiz va hamkorlarimiz hujumga o‘tish uchun bunga 100 foiz va undan ko‘proq tayyor bo‘lish kerakligini tushunishadi».
AQSh razvedkasi Ukraina qo‘shinlari konsentratsiyasi, o‘q-dorilar va jihozlar taqchilligi bilan bog‘liq muammolar Kiyevning rejalashtirilgan qarshi hujumi haqidagi taxminlarga mos kelmaydi, deb hisoblaydi va aftidan, bosib olingan hududlarning faqat kichik bir qismini Rossiyadan qaytarib olishga imkon beradi, deb yozadi The Washington Post gazetasi 10 aprel kuni internetdagi manbalar va maxfiy hujjatlarga asoslanib.
Nashr fevral oyiga borib taqaladigan «o‘ta maxfiy» hujjatlarga iqtibos keltirgan bo‘lib, unda Ukraina hujumi «kamtarona hududiy yutuqlarga» olib kelishi mumkinligi aytiladi. Kiyev Ukraina sharqidagi hududlarni qaytarib olishni va Rossiya armiyasini annexia qilingan Qrimdan uzib qo‘yish uchun janubda olg‘a siljishni rejalashtirmoqda, biroq «kuchli Rossiya mudofaasi, ukrainalik askarlarning yetarlicha ta’minlanmagani va tayyor emasligi oldinga siljishni to‘xtatib qo‘yishi, yo‘qotishlarni kuchaytirishi mumkin», deb hisoblaydi AQSh razvedkasi.
AQSh rasmiylarining WP nashriga aytishicha, bu kabi prognozlar Milliy razvedka kengashining hisob-kitoblariga ham asoslangan. Ularga ko‘ra, Ukraina Xarkiv va Xerson viloyatlaridagi kuzgi hujumdagidek ko‘p hududni qaytarib olishi dargumon.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024