Shofirkon tumani hokimi o‘zgardi
Tumanga 2021 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jamshid Sharopov salomatligidagi muammo tufayli lavozimdan ketgan.
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi.
Botir Zaripov Jamshid Sharopovni salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘z arizasiga binoan Shofirkon tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qo‘yilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Sessiyada Davlat soliq qo‘mitasi moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Alisher Fayzilloyevni Shofirkon tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida viloyat hokimi qarori qabul qilingani deputatlarga ma’lum qilindi.
Alisher Fayzilloyev 1979 yilda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent moliya instituti tamomlagan. Mutaxassisligi —moliya.
U mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi, Toshkent shahar Chilonzor va Sergeli tumanlari moliya bo‘limi mudiri, Transport vazirligi Iqtisodiyot va tarif-narx siyosati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Transport vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Alisher Fayzilloyev ayni vaqtga qadar Davlat soliq qo‘mitasi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
- Jamshid Sharopov Shofirkon tumaniga 2021 yil dekabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024