Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Rustam Yusupov fevral oyidan buyon Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgandi.
Rustam Abdulahatovich Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda 17 aprel kuni poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqovning tegishli farmoyishi imzolangan.
Rustam Yusupov 1986 yil 12 noyabrda Namangan viloyati Chortoq tumanida tavallud topgan. Toshkent davlat agrar universiteti (2008) va O‘zbekiston prezidenti qoshidagi davlat boshqaruv akademiyasini (2020) tamomlagan.
2007 yildan 2020 yilgacha Yunusobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yuritgan Rustam Yusupov 2020 yil noyabr oyida shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga ishga o‘tib, boshqarma rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2021 yilning noyabridan buyon Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Anvar Umarov 2023 yil yanvarida Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimligidan ketishi ortidan shahar hokimi v.b bo‘lgan Baxtiyor Rahmonovning 27 yanvardagi farmoyishi bilan lavozimidan ozod qilingandi.
31 yanvar kuni esa Umarovning o‘rinbosari bo‘lgan Rustam Yusupovga Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024