Erdo‘g‘an saylov arafasida davlat xizmatchilari maoshini 45 foizga oshirdi
Turkiyada to‘rt kundan keyin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 may kuni, prezidentlik saylovlariga besh kun qolganida davlat xizmatchilari maoshi oshirilishi haqida e’lon qildi.
«Biz [davlat xizmatchilarining] maoshlarini, jumladan, ijtimoiy ta’minot ulushini 45 foizga oshirmoqdamiz. Shu tariqa, biz davlat xizmatchilari uchun eng kam ish haqini 15 ming liraga (taxminan 770 dollar) oshirmoqdamiz», — deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltirgan uning matbuot xizmati.
Hukumat 2023-2024 yillarda 700 mingga yaqin davlat xizmatchisining maoshini oshirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, Anadolu nashri yozishicha, hukumat qo‘shimcha ish haqi, tungi ishchilarning maoshi va faxriylarning nafaqasini ham oshirishni rejalashtirgan.
- Erdo‘g‘an Turkiyani 20 yildan buyon boshqarib kelmoqda —avvaliga bosh vazir sifatida (2003 yildan), keyin esa prezident sifatida (2014 yildan buyon).
- 14 may kuni mamlakatda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. So‘rovlarga ko‘ra, Erdo‘g‘an yutqazishi ham mumkin. Amaldagi prezidentning asosiy raqibi muxolifatchilarning 74 yoshli nomzodi, Turkiya parlamenti deputati va Jumhuriyat Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li hisoblanadi. So‘rovlar ko‘rsatishicha, ularning ikkisi ham birinchi turda 40 foizdan ortiq ovozga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
16:24 / 15.12.2024