Erdo‘g‘an saylovning ikkinchi turiga tayyor ekanini aytdi
Erdo‘g‘an Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga tayyor ekanini aytdi. Anadolu nashriga ko‘ra, byulletenlarning 98 foizi qayta ishlangach, u 49,34 foiz ovoz olyapti, bu esa birinchi turda g‘alaba qozonish uchun yetarli emas.
Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga tayyor ekanini ma’lum qildi. "Saylovlar birinchi turda tugaydimi yoki yo‘qmi, hali bilmaymiz. Lekin agar xalq bizni ikkinchi turga yuborsa, biz bu qarorni hurmat qilamiz", deya Erdo‘g‘anning Anqaradagi tarafdorlariga qaratilgan so‘zlaridan iqtibos keltirgan AFP axborot agentligi dushanba, 15 mayga o‘tar kechasi.
Erdo‘g‘anning asosiy raqibi, Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari va birlashgan muxolifat nomzodi Kamol Kilichdoro‘g‘li ham xalqning ikkinchi tur o‘tkazish qaroriga rozi ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, har ikki siyosatchi ham yakuniy g‘alabaga ishonch bildirishdi.
15 may, Toshkent vaqti bilan soat 07:10 holatiga ko‘ra, ovozlarni sanash hali yakunlangani yo‘q. Turkiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ahmet Ener mamlakat ichida saylov byulletenlarining 95 foizi, xorijdagi saylov uchastkalarida qariyb 37 foizi qayta ishlanganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Erdo‘g‘an 49,49 foiz, Qilichdoro‘g‘li esa 44,79 foiz ovoz to‘plamoqda. Anadolu Turkiya davlat axborot agentligining so‘nggi raqamlari quyidagicha: qayta ishlangan byulletenlar - 98,06 foiz, Erdo‘g‘an uchun - 49,34 foiz, Qilichdoro‘g‘li uchun - 44,99 foiz.
Birinchi turda nomzodlardan birining g‘alabasi uchun u kamida 50 foiz ovoz olishi kerak. Demak, Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tishi ehtimoli katta – u 28 may kuni o‘tkazilishi mumkin.
Shu bilan birga, parallel ravishda o‘tkazilgan parlament saylovlarida, Anadolu xabariga ko‘ra, ovozlarning 97,84 foizi sanab chiqilgach, Erdo‘g‘an boshchiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi 35,4 foizlik ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Jumhuriyat Xalq partiyasi 25,38 foiz ovoz to‘plagan.
Mavzuga oid
00:45
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
16:24 / 15.12.2024