O‘zbekiston | 08:16 / 23.06.2023
15084
1 daqiqa o‘qiladi

Qibrayda mast holatdagi haydovchi uch bolani urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Toshkent viloyati Qibray tumanida mast haydovchi «VAZ-2106» avtomashinasi bilan uch nafar bolani urib yubordi. 14 yoshli bola vafot etdi.

Qibray tumanida uch nafar bola ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Toshkent viloyati IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 19 iyun kuni soat 18:00 larda, Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o‘tgan «Toshkent-Qibray-May» avtomobil yo‘lida YTH qayd etilgan.

Haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan S.J (mast holatda) «VAZ-2106» rusumli transport vositasida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomonida ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2009 yilda tug‘ilgan piyoda olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar piyoda turli xil tan jarohatlari olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid