Jahon | 21:13 / 30.06.2023
26396
2 daqiqa o‘qiladi

Prigojinga tegishli kompaniyalar yopilmoqda - OAV 

«Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin o‘zining «Patriot» targ‘ibot-tashviqot media xoldingi tugatilganini e’lon qildi. Shuningdek boshqa bir qancha kompaniyalari ham yopildi. 

Foto: RIA Novosti

«VChK-OGPU» loyihasiga ko‘ra, Prigojinning shaxsan o‘zi xolding tugatilganini e’lon qilgan. 

«Prigojinning shaxsan o‘zi «Patriot» mediaxoldingi tugatilganini ma’lum qildi. Barcha xodimlar ishdan bo‘shatilish jarayonida», deyiladi xabarda. 

Prigojinning media-xoldingiga «RIA FAN», «Narodnyye novosti», «Ekonomika segodnya» va boshqa ko‘plab tashviqot maydonchalari kiradi. Bugun «Roskomnadzor» ushbu nashrlarning veb-saytlarini blokladi. 

Bundan tashqari, Prigojinning Yarus ijtimoiy tarmog‘i ham tugatildi. Shuningdek, «Konkord» kompaniyasi ham yopildi. Kompaniya Rossiya Mudofaa vazirligining hozirgi rahbariyatiga aloqador korxonalarga o‘tadi. Aktivlar sotilmoqda. 

23 iyun kuni «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiyada qurolli isyon ko‘tardi. Ertasi kuni «vagnerchilar» Rostovni egallab, keyin Moskvaga yo‘l olishdi. 

O‘sha kuni kechqurun Prigojin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazdi va yollanma askarlariga dala lagerlariga qaytishni buyurdi. 

Keyinchalik, Prigojin oldiga harbiy isyon ko‘targani sababli aniq shartlar qo‘yilgani, jumladan, 1 iyulgacha Rossiyadagi barcha biznesini yopish va mulkini olib ketish uchun muhlat berilgani ma’lum bo‘ldi. 

Mavzuga oid