Shavkat Mirziyoyev: Bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi
Shu yo‘nalishdagi magistratura kvotalari ham 2 karra oshiriladi. Oliy ta’limga kirishda yoshlarning maktabda o‘qigan baholari ham inobatga olinib, kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid rejalari bilan bo‘lishdi.
Nomzodning keltirishicha, pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarni alohida yondashuv asosida yetti yillik rivojlantirish dasturiga ko‘ra, kelgusi o‘quv yilidan:
- bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi;
- magistraturada esa kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
- kadrlar yetishmaydigan, ta’lim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi.
Bunda buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
“Endi yoshlarimizning maktabda o‘qigan baholarini ham inobatga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yamiz. Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi”, dedi Mirziyoyev.
Shu bilan birga, avval xorijiy tillardan xalqaro sertifikati bor abituriyentlarga chet tili bo‘yicha imtihon topshirmaslik imtiyozini berilgan bo‘lsa, endi bu imtiyoz matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikati bor yoshlarga ham tatbiq etiladi.
Har yili 5 ming nafar professor-o‘qituvchilarimiz tajriba almashish uchun xorijga yuboriladi. har yili 200 nafar yosh olimlarimizni, keyinchalik oliygohlarga qaytib dars berish sharti bilan, xorijiy ilmiy tashkilotlarda dissertatsiya yoqlashga jo‘natamiz.
“Oliygohlarning ilmiy kengashlariga dunyoning nufuzli oliygohlaridan yetakchi professorlarni jalb qilish vaqti keldi. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi 25 foizga qisqartiriladi, lekin ish haqi kamaytirilmaydi”, dedi Mirziyoyev
Shuningdek, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tan olingan kasbiy sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga qo‘shimcha ustamalar belgilanadi. Bunday sertifikati bor amaliyotchilarga dars berish uchun magistrlik diplomi talab etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi
Jahon | 00:36
-
Toshkentda BYD’ning qo‘pol qoidabuzarligi ortidan ikki piyoda jarohat oldi
Jamiyat | 23:44 / 13.01.2025
-
New Gleen raketasi parvozi startga 15 daqiqa qolganda bekor qilindi
Jahon | 23:29 / 13.01.2025
-
“Pandora qutisi ochildi” - Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Jahon | 22:59 / 13.01.2025
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024