O‘zbekiston | 11:00 / 27.07.2023
24181
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ tizimida faoliyat yuritib kelgan Dilmurod Ergashev Navoiy shahar hokimi lavozimida ish boshladi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Dilmurod Bekmuradovich Ergashev Navoiy shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Dilmurod Ergashev tayinlovga qadar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘ining sanoat obektlarini qurish bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Dilmurod Ergashev 1979 yilda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tavallud topgan. 

«Navoiyazot» AJ, «Qishloq qurilish invest» ixtisoslashtirilgan shu’ba injiniring kompaniyasi hamda «Navoiy kon metallurgiya kombinati» AJda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2017-2020 yillarda hokimlik tizimida, Karmana tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, shaharga 2022 yil mayidan buyon hokim bo‘lgan Muratxan Egamqulov 2023 yil 11 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishdan olingandi.

Muratxan Egamqulov

Boshqa o‘ndan ortiq hokimlar qatori uning ishdan olinishiga investitsiyalar jalb qilishdagi kamchiliklar sabab qilib ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid