Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Yangiariq tumani hokimi viloyat hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarildi.
Anvar Kenjayevich Davletov Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Anvar Davletov 1985 yil Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Muqaddam viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlagan.
A.Davletov 2020 yil dekabridan buyon Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
U yangi lavozimida 2022 yil martidan buyon ishlab kelgan Sherzod Ismailov o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024