O‘zbekiston | 19:04 / 07.08.2023
25537
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimi yordamchisi tumanga hokim bo‘ldi

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi. Tumanning oldingi rahbari prezident yig‘ilishida ishdan olingandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Alisher Olimjonovich Xalilov Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Alisher Xalilov 1984 yilda Qo‘rg‘ontepa tumanining Dardoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 2004 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014 yilda prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy maktabni tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida bir necha sanoat korxonalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Qo‘rg‘ontepa tumaniga 2021 yil fevralidan buyon Elyorbek Nabijonov rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yig‘ilishda o‘ndan ortiq tuman va shahar hokimlari qatorida ishdan olingandi.

Mavzuga oid