O‘zbekiston | 19:15 / 07.08.2023
20431
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyat hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha oldingi o‘rinbosari Shavkat Zayniddinov prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan videoselektor davomida ishdan olingandi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Bekzod Bozarboyevich Ismatov Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Bekzod Ismatov bugunga qadar viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Shavkat Zayniddinov bu lavozimda 2022 yil sentabridan buyon ishlab kelayotgandi. U 2023 yil 27 iyul kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan videoselektor davomida ishdan olingandi.

Mavzuga oid