O‘zbekiston | 21:37 / 17.08.2023
26780
1 daqiqa o‘qiladi
Qibray tumaniga yangi hokim tayinlandi
Ohangaron tumani prokurori Muzaffar Rashidov Qibray tumanining yangi hokimiga aylandi.
Adliya maslahatchisi Muzaffar Abrorovich Rashidov Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.
Muzaffar Rashidov 1987 yili Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
- Qibray tumaniga 2018 yil iyul oyidan buyon rahbarlik qilib kelgan Miragzam Qosimov 2023 yil avgust oyi boshida prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi vaqtida o‘tkazilgan videoselektorda ishdan olingandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024