Sport | 08:29 / 23.09.2023
16811
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkong va ob-havo jiddiy qarshilik ko‘rsatgan, Hoshimovning goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirgan o‘yindan fotogalereya 

O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo o‘yinlari guruh bosqichidagi dastlabki bahsni Hongkongga qarshi o‘tkazib, minimal hisobda g‘alaba qozondi (1:0). Zaxiradan maydonga tushirilgan Ulug‘bek Hoshimovning 65-daqiqadagi goli o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Minglab muxlislari qarshisida harakat qilgan raqib oxirigacha kurashdi va Temur Kapadze jamoasiga «jang» taklif eta oldi. Ayniqsa, darvozabon bir necha bor qahramonlik ko‘rsatib, yirik hisob bo‘lmasligini ta’minladi. O‘yin davomida tinmagan yomg‘ir ham raqib foydasiga xizmat qildi.

Ushbu guruhdan o‘rin olgan Afg‘oniston va Suriya turnirga kela olmasligini bildirgan. Shu sabab O‘zbekiston va Hongkong yoshlari 25 sentabr kuni yana bir bor to‘qnash kelib, guruh g‘olibini aniqlashadi.

Quyida Shancheng Spors Centre Stadium'da 8 mingga yaqin muxlis qarshisida o‘tgan bahsdan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Suratlar muallifi — Muhiddin Qurbonov

Mavzuga oid