Jahon | 12:43 / 05.10.2023
10531
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo bo‘ylab elektr energiyasi ishlab chiqarishda quyosh va shamol ulushi rekord darajaga yetdi

Joriy yilning birinchi yarmida elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirning ulushi 36 foizni tashkil etdi, gidroenergetika ishlab chiqarish esa tarixiy maksimal darajaga – 8,5 foizga kamaydi. 

Foto: Getty Images

Joriy yilning birinchi yarmida elektr energiyasi iste’moliga global talab 2022 yilning shu davriga nisbatan 0,4 foizga oshdi. Bosh qarorgohi Londonda joylashgan Ember energetika tahlil markazining 78 mamlakatdagi ko‘rsatkichlarni taqqoslagan ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich so‘nggi 10 yilda 2,6 foizni tashkil etgan tarixiy o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada past. 

Elektr energiyasi iste’moliga global talabning o‘sishi pasayishi, birinchi navbatda, ayrim yirik iqtisodiyotlarda, xususan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida talabning qisqarishi bilan bog‘liq. 

Shu bilan birga, joriy yil yanvar-iyun oylarida elektr energiyasini ishlab chiqarishda shamol va quyosh energiyasining ulushi rekord o‘rnatib, 14,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 12,8 foizni tashkil qilgan. 

Global elektr energiyasi ishlab chiqarishda shamol energiyasining ulushi 8,75 foizni tashkil etgan bo‘lsa, quyosh energiyasining ulushi esa 5,52 foizga oshdi.

Shu tariqa, shamol va quyosh energiyasi elektr energiyasining global ishlab chiqarishdagi ulushini sezilarli darajada oshirgan ikkita manbasiga aylandi.

Shu bilan birga, joriy yilning birinchi yarmida elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mir ulushi 36 foizni tashkil etdi, qurg‘oqchilik tufayli gidroenergetikada ishlab chiqarish tarixiy maksimal daraja - 8,5 foizga qisqardi.

Mavzuga oid