O‘zbekiston | 09:01 / 31.10.2023
7697
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga dam olish uchun eng ko‘p Rossiya fuqarolari kelmoqda 

Joriy yilning 9 oyi mobaynida 561 mingdan ortiq chet el fuqarosi dam olish maqsadida O‘zbekistonga keldi.

Foto: Kun.uz

2023 yilning yanvar-sentabr oylari davomida jami 561,1 ming nafar chet el fuqarosi dam olish maqsadida O‘zbekistonga keldi.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatga 9 oy mobaynida dam olish maqsadida kelgan fuqarolari eng ko‘p bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya yetakchi – 178,5 ming nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 45,1 ming nafar;
  • Qirg‘iziston – 27,9 ming nafar;
  • Tojikiston – 27,6 ming nafar;
  • Turkiya – 27,1 ming nafar;
  • Xitoy – 24,3 ming nafar;
  • Turkmaniston - 20,9 ming nafar;
  • Hindiston – 19,1 ming nafar;
  • Germaniya - 17,9 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 17,4 ming nafar.

Mavzuga oid