Netanyahu ustidan Xalqaro jinoyat sudiga ariza berildi
U G‘azo sektorida genotsidda ayblanmoqda.
Turkiyalik huquqshunoslar Metin Kulunk, Mukahit Birinchi va Buroq Bekiro‘g‘li Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ustidan Turkiya Adliya vazirligi orqali Xalqaro jinoyat sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
Advokatlari uni genotsid va harbiy jinoyatlarida ayblamoqda. Da’vo 23 sahifadan iborat. Bu haqda Kulunk ijtimoiy tarmoqda yozdi.
«Biz Adliya vazirligi arizamizni qanoatlantirishiga shubha qilmaymiz. Biz bu masalani, jumladan, Xalqaro jinoyat sudi tomonidan o‘tkaziladigan ehtimoliy tergovni kuzatib boramiz», deyiladi bayonotda.
4 noyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muloqotni to‘xtatayotganini ma’lum qildi. Shu kuni Turkiya Isroildan o‘z elchisini chaqirib oldi. Bundan oldin Isroil TIV barcha diplomatik vakillarini Turkiyadan chaqirib olgan edi.
28 oktyabr kuni Istanbulda Turkiyada hukmron «Adolat va taraqqiyot» partiyasi tomonidan G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi. Mitingda so‘zga chiqqan Turkiya prezidentining aytishicha, tadbirda 1,5 million kishi qatnashgan.
Mavzuga oid
00:45
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
09:22 / 16.12.2024
JAR XJS orderi tufayli Putinni G20 sammitiga taklif qilmaydi
18:39 / 14.12.2024