O‘zbekistonda sirtdan qamalgan Niyetbay Urazbayev Qozog‘istonda vafot etdi
Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha O‘zbekistonda sirtdan qamalgandi.
Qozog‘istonning Mang‘istau oblastidagi qoraqalpoq diasporasi rahbari Niyetbay Urazbayev 9 yanvar kuni 54 yoshida Olmaotadagi kasalxonada yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatgan.
Niyetbay Urazbayev 1969 yilda Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. U 2004 yildan Qozog‘istonda yashab kelgan, Mang‘istau oblasti «Allayar joli» qoraqalpoq etnik-madaniy birlashmasi raisi bo‘lgan, 2017 yilda O‘zbekiston fuqaroligidan chiqib, Qozog‘iston fuqaroligini olgan.
O‘zbekiston 2022 yil oktyabrida unga konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilgani uchun davlatlararo qidiruv e’lon qilgan.
Urazbayevga 2023 yil 10 may kuni Qoraqalpog‘iston sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 2022 yil iyulidagi Nukus voqealari bo‘yicha jinoiy ishda ayblov e’lon qilingan va keyinroq sirtdan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Futbolning noodatiy tomonlari: KUN.UZ yangi formatdagi kanalini taqdim etadi
Sport | 10:07 / 08.01.2025
-
7 ta gol urilgan super klasikoda «Barsa» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 15-bor Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 02:16
-
Polshada o‘tgan yil yo‘qolgan minalar IKEA do‘konidan topildi
Jahon | 23:14 / 12.01.2025
-
“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqdi - manba
O‘zbekiston | 20:33 / 12.01.2025
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
18:39 / 15.02.2024
Qozog‘iston O‘zbekistondan tarixiy meros buyumlarini qaytaradi
18:33 / 14.02.2024
Qozog‘istondagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
10:15 / 12.02.2024