O‘zbekiston | 19:11 / 04.03.2024
24048
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyati SSB boshlig‘i o‘zgardi

So‘nggi bir yilga yaqin vaqt davomida viloyat SSBga Sodiqjon Sodiqov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Ko‘palbay Raimberdiyevich Tangriberdiyev Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘palbay Tangriberdiyev 2000 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali «Gospital terapiya» kafedrasi assistenti sifatida boshlagan.

Turli yillarda Xorazm viloyat kardiologiya markazi shifokori, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

  • Ma’lumot uchun, Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga 2023 yil aprelidan buyon Sodiqjon Sodiqov rahbarlik qilayotgandi.
  • Fevral oyi boshida Toshkent viloyati SSB boshlig‘i ham o‘zgargan, so‘nggi bir yilda bu lavozimda ishlagan Ulug‘bek Abdug‘aniyev o‘rnini To‘raqul Arziqulov egallagandi.

Mavzuga oid