Sirdaryo viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Rahim Boboyev viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Abdurahim Umarov tayinlandi.
Sirdaryo viloyati hokimligi rahbariyatida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Rahimjon Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Abdurahim Umarov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Abdurahim Umarov 1985 yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. 2008 yil Guliston davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Xalq banki Sirdaryo viloyati filialida turli mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan, mazkur tayinlovga qadar esa filial boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
- Rahimjon Boboyev Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida 2023 yil aprelidan buyon ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024