O‘zbekiston | 21:17 / 11.04.2024
21567
2 daqiqa o‘qiladi

Piskent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tumanga so‘nggi bir yildan ortiq vaqt davomida rahbarlik qilgan Nodirbek Yoqubov lavozimini tark etgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

11 aprel kuni Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokidagi yig‘ilishda Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Yoqubov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Muzaffar Aripov Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 

Muzaffar Aripov 1985 yilda Toshkent viloyatida  tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Nodirbek Yoqubov Piskent tumaniga 2023 yil yanvaridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam 2018–2023 yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid