O‘zbekiston | 10:52 / 19.04.2024
22291
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

So‘nggi kunlarda uchta viloyatda bosh soliqchilar o‘zgardi.

Foto: Soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan Shuhratali Toyirovich Imomov Namangan viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuhratali Imomov 1977 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi hisoblangan Shuhratali Imomov muqaddam Toshkent viloyatidagi tumanlar soliq inspeksiyalarida rahbarlik qilgan, keyinroq Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlagan.

2023 yil avgustida Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Namangan viloyati DSBga esa 2022 yil mayidan buyon Alisher Boyxanov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

  • 17 aprel kuni ham ikki viloyatda DSB boshliqlari o‘zgargandi. 2023 yil avgustidan buyon Samarqand viloyati soliq boshqarmasi lavozimida ishlab kelgan Sirojiddin Eshmatov Qashqadaryo viloyati DSB boshlig‘i lavozimiga o‘tgan, uning o‘rniga Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari bo‘lgan Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid