O‘zbekiston | 22:08 / 14.05.2024
14172
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

33 yoshli Bobur Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘ldi. 

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Xudjamov Bobur Alisher o‘g‘li – Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Bobur Xudjamov 1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2013 yilda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va 2015 yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi. 

Mavzuga oid