Toshkentda O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi
Dehli shahrida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston savdo va sanoat vazirligida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni izchil rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘pligiga e’tibor qaratib, mahsulotlarning o‘zaro harakatini faollashtirish uchun bojxona, tarif va notarif talablarini yengillashtirish muhimligini qayd etdi.
Hindiston Savdo va sanoat vazirligi departament boshlig‘i Satya Srinavas mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan keng ko‘lamli sharoitlarni ijobiy baholayotgani, bu esa ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qilayotganini urg‘uladi.
Muzokaralar chog‘ida bank-moliya, transport-logistika va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. Joriy yil Toshkent shahrida O‘zbekiston-Hindiston Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampga Grenlandiyani sotib olish imkonini beruvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi
Jahon | 17:10
-
DXX raisi Bahodir Qurbonov general-polkovnik unvonini oldi
O‘zbekiston | 17:03
-
Yaponiya va Xitoy vizasini olish uchun murojaat qilayotgan rossiyaliklar soni bir necha baravarga oshdi
Jahon | 16:57
-
Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralari o‘zgartiriladi
O‘zbekiston | 16:54
Mavzuga oid
15:42
Hindistonda eng yirik festival boshlandi. Unga 400 mln kishi tashrifi kutilmoqda
21:39 / 13.01.2025
Xitoy va Hindiston sanksiya ostiga tushgan Rossiya neft tankerlarini qabul qilmadi
18:35 / 08.01.2025
Hindistonda fil festivalga kelgan tomoshabinlarga hujum qildi
20:14 / 02.01.2025