Jamiyat | 19:18 / 31.05.2024
19134
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘lim charxpalagi” bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

Videolavhada aks ettirilgan charxpalak Andijon shahri Z.M.Bobur nomidagi istirohat bog‘ida joylashgan. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni paytda attraksion faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda #O‘lim_charxpalagi xeshtegi ostida videolavha tarqalgandi. Holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videolavhada aks ettirilgan charxpalak Andijon viloyati Andijon shahri Z.M.Bobur nomidagi istirohat bog‘ida joylashgan. Mazkur istirohat bog‘i Bobur xalqaro jamoat fondi tasarrufidagi bog‘ bo‘lib, hozirgi kunda tadbirkor “Lyuks attraksion” MChJ rahbari M. Atabayev tomonidan ijaraga olingan.

“Ayni paytda bog‘dagi ushbu attraksion holati ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotgani sababli, uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Tasvirga olish vaqtida va undan keyingi holatlarda ushbu attraksionda baxtsiz hodisa yuz bermagan va jarohat olganlar yo‘q”, deyiladi qo‘mita rasmiy munosabatida.

Mavzuga oid