NATO bosh kotibi Rossiyani qo‘llayotgan Xitoy ehtimolli oqibatlarga duchor bo‘lishi mumkinligini aytdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg agar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga nisbatan o‘z siyosatini o‘zshartirmasa, oqibatlar bilan to‘qnash kelishi mumkinligini aytdi.
BBC bilan suhbatlashgan Stoltenberg Pekin ham Rossiyaning harbiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, ham Yevropa davlatlari bilan munosabatlarni saqlab, «ham u yoqdan, ham bu yoqdan yutishga urinayotgani»ni ta’kidlagan.
«Bu uzoq muddatli istiqbolda ish bermaydi», — degan Stoltenberg Vashingtonga tashrifi chog‘ida BBC News’ga.
O‘tgan dam olish kunlari Shveytsariyada o‘tgan Ukrainada tinchlik bo‘yicha sammitda aksariyat mamoakatlar Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda sobit ekanligini tasdiqladi, Rossiya esa konferensiyani vaqtni bekorga sarflash deb atadi va faqat Ukraina to‘liq taslim bo‘lsagina sulh muzokaralariga kirishishini bildirdi.
NATO davlatlari Xitoyning Rossiyani qo‘llab-quvvatlayotgani borasida nima qilishi mumkin, deb berilgan savolga javoban Stoltenberg chora sifatida ehtimolli sanksiyalar xususida «doimiy suhbatlar» bo‘lib o‘tayotganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy «Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida foydalanilayotgan qurol-yarog‘lar va raketalarni yasash uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi mikroelektronika kabi ko‘plab texnologiyalar bilan bo‘lishmoqda».
Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, «agar Xitoy o‘zining harakatlarini o‘zgartirmasa, qandaydir bosqichda iqtisodiy choralar qo‘llash haqida o‘ylashga majbur bo‘linadi».
Pekinga nisbatan allaqachon Rossiyani qo‘llayotgani uchun ayrim sanksiyalar joriy etilgan. Shu yilning may oyida AQSh Xitoy va Hongkongdagi 20 ga yaqin kompaniyaga taalluqli cheklovlarni joriy etgan. Xitoy Rossiyaga o‘ldiruvchi qurol-yarog‘lar bermayotgani va «ikkilamchi maqsadlardagi tovarlarning eksportini mavjud qonun-qoidalarga binoan aql bilan yo‘lga qo‘ygani»ni ro‘kach qilib, Moskva bilan aloqador bizneslarini himoya qilishga urinmoqda.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
07:52 / 19.12.2024
NATO Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirishni o‘z zimmasiga oldi
21:58 / 16.12.2024
Rossiya mudofaa vaziri armiyani NATO bilan urushga tayyorlashni buyurdi
19:58 / 13.12.2024