Stoltenberg: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash NATOni mojaro tomonlaridan biriga aylantirmaydi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Vashingtonda o‘tayotgan NATOning yubiley sammitida so‘zlar muhim ekani, ular kutilmalar va kun tartibini yaratishi, biroq harakatlar hal qiluvchi bo‘lishini ta’kidladi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainani harbiy jihatdan to‘liq qo‘llab-quvvatlash haqida bayonot berdi: «Bu NATOni mojaro tomonlaridan biriga aylantirmaydi. Bu Ukrainani o‘zni mudofaa qilish huquqini himoya qilishda yordam beradi», — degan u.
Stoltenberg NATO sammiti doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ittifoqchilar transatlantika mudofaasini mustahkamlashga kelishib olishgani, uning doirasida sanoat ishlab chiqarish hajmi ortishi hamda havo hujumi va raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlari ishlab chiqishini bildirdi.
Stoltenbergning xabar qilishicha, payshanba kuni prezident Volodimir Zelenskiy ishtirokida Ukraina-NATO kengashi yig‘ilishi ham o‘tkaziladi.
Bosh kotibning aytishicha, Ukrainaga yangi yordam paketi ham qabul qilingan: «Biz buni urushni yanada cho‘zish uchun qilmayapmiz. Aksincha, urush imkon qadar tezroq yakunlanishi uchun yordam ko‘rsatmoqdamiz», degan u.
O‘z so‘zlarini davom ettirar ekan, Stoltenberg «Agar biz Putin oldida ojizlik qilishni istamasak, qat’iyatliroq bo‘lishimiz kerak», degan. Uning qayd etishicha, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi agar asosiy islohotlar o‘tkazilsa «ortiga qaytarib bo‘lmas» masalaga aylanadi.
Ukraina xavfsizlik kuchlarini kelgusida uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini qayd etar ekan, Stoltenberg «Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash NATOni mojaro tomonlaridan biriga aylantirmasligi»ni aytdi. Unga ko‘ra, yordam Ukrainaga o‘zini mudofaa qilish huquqini himoya qilish uchun ko‘rsatilmoqda.
Ukrainaning alyansga a’zoligi to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, Stoltenberg so‘zlar muhim ekani, ular kutilmalar va kun tartibini yaratishi, biroq harakatlar hal qiluvchi bo‘lishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
07:52 / 19.12.2024
NATO Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirishni o‘z zimmasiga oldi
21:58 / 16.12.2024
Rossiya mudofaa vaziri armiyani NATO bilan urushga tayyorlashni buyurdi
19:58 / 13.12.2024