Polsha qurolli kuchlari shay holatga keltirildi
Polsha Rossiyaning harbiy sohadagi harakatlaridan xavotirga tushib, o‘z qurolli kuchlarini tayyor holatda ushlab turibdi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vaziri Antoniy Macherevich ma'lum qilgan. U «Iskander-M» majmualari va raketalarining Kaliningrad viloyatiga joylashtirilishi borasidagi savolga javob berar ekan, shunday fikrlarni bildirgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
«Rossiyaning so‘nggi harakatlari jiddiy xavotirlarni keltirib chiqaradi. Biz hamma xabarga, xususan, Kaliningrad viloyatida maxsus texnik xususiyatli «Iskander» raketalari borligiga oid taxminlarni ham e'tiborsiz qoldirmayapmiz», — degan Macherevich.
Polsha mudofaa vazirining ta'kidlashicha, mamlakat qurolli kuchlari va ayg‘oqchilik tizimi Polsha xavfsizligini kafolatlash uchun doimiy shay holatda turibdi.
Kunning avvalida, AQSh razvedkasi Rossiya Kaliningradda «Iskander-M» raketa majmualarini joylashtirgani xususida taxminlarini bildirgan edi.
Mavzuga oid
22:10 / 28.09.2024
Ukraina razvedkasi Moskva viloyatida Rossiya armiyasi polkovnigi o‘ldirilganini ma’lum qildi
20:45 / 28.09.2024
Rossiyada maktab direktori ota-onalarga migrantlar tufayli o‘zbek tilini o‘rganishni taklif qildi
20:30 / 28.09.2024
«Azimut» aviakompaniyasi Rossiyadan O‘zbekistonga reys ochishni rejalashtirmoqda
18:54 / 28.09.2024