Jahon | 21:10 / 16.11.2016
15789
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonlik siyosatchi qizining nikoh to‘yiga 5 mlrd rupiylik ziyofat uyushtirdi
Hindistonlik siyosatchi Gali Janardxana Reddi o‘z qizi uchun 5 mlrd rupiylik (74 mln dollarlik) nikoh to‘yi uyushtirdi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Yoshlarni nikoh to‘yi bilan tabriklash uchun 50 ming mehmon tashrif buyurdi. Yig‘ilganlarni Bollivud yulduzlari ko‘nglini oldi.
Reddini Hindistonda pul inqirozi bo‘layotgan bir davrda mana shunday hashamatli mehmonnavozligi uchun tanqid qilishgan.
Eslatib o‘tamiz: Soyadagi iqtisod, korrupsiya, qalbaki pul tayyorlovchilar va moliyaviy terrorchilarga qarshi kurashish doirasida muomaladagi 500 va 1000 rupiyliklarni olib tashlash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
22:19 / 24.09.2024
AQSh Hindistonga qariyb 300 ta tarixiy buyumlarini qaytaradi
21:42 / 23.09.2024
Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
09:50 / 21.09.2024
Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
17:32 / 20.09.2024