Bayrut ayollari nomusga tegish haqidagi qonunga antiqa ko‘rinishda norozilik bildirishdi
6 dekabrda Livan poytaxti Bayrutda ayollar nomusga tegish haqidagi qonunga norozilik bildirishdi. Bu qonunga ko‘ra zo‘ravon agar qurboniga uylansa, jazodan qutulib qolishi mumkin. Qonundan norozi ayollar nikoh liboslari va ko‘zlariga qon dog‘lari bo‘lgan lattalarni bog‘lagancha norozilik bildirdilar, deb xabar bermoqda CTV News.
Qonun Bayrut hududida 1940-yillardan beri amal qilib keladi. Yaqinda yangi prezident saylangani bilan bog‘liq holda hukumat qonunning bekor qilinishini muhokama qila boshladi. Prezident lavozimi 2016 yil oktabrda hokimiyat tepasiga "Hizbulloh" tashkilotidan 81 yoshli Mishel Aun kelmaguncha, 2,5 yil bo‘sh qolayotgan edi.
Shu sababli faol ayollar qonunning bekor qilinishiga katta umid bog‘lamoqdalar. Ayollar agar zo‘ravon erkak o‘z qurboniga uylansa, 7 yillik qamoq jazosidan qutula olishi haqidagi bandga qarshi chiqib kelishmoqda.
"Men nomusimga tegishganda nima bo‘lishini o‘yladim. Mening bo‘lg‘usi farzandlarim "Ona, otam bilan qanday tanishgansizlar?", deb so‘rasa, "Men nomusimga tekkan erkakka turmushga chiqqanman" deb aytamanmi?", deb aytmoqda ayollardan biri.
Norozi ayollar bu qonun ayollar huquqini poy-mol qilmoqda, deb hisoblamoqdalar. Biroq Livanning ko‘pchilik fuqarolari bu yo‘l bilan qizlar o‘zlari va oila sha'nlarini saqlab qolishlari mumkinligi haqidagi fikrni bildirishmoqda.
Parlamentning ba'zi a'zolari qonunni o‘zgartirib, qizning zo‘ravonga chiqishi bo‘yicha qarorni chiqarishni uning oila a'zolari hukmiga qoldirish kerakligini aytishmoqda. Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror 7 dekabrdagi yig‘ilishda qabul qilinadi.
Mavzuga oid
16:34
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
18:43 / 15.11.2024
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi beriladi
16:55 / 15.11.2024
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi
22:39 / 13.11.2024