Ispanlar yil so‘zini tanlashdi
Ispaniyada "populizm" atamasi ketayotgan 2016 yilning yil so‘zi bo‘ldi. Bunday qarorga "Fundéu BBVA" jamg‘armasi tilshunoslari keldilar.
2016 yil so‘ziga shuningdek "yutuber" va "keyingi haqiqat" atamalari d'vogarlik qildi.
Jamg‘arma bosh koordinatori Xaver Laskurainning aytishicha, "bunday siyosiylashgan, Brexit, Donald Tramp saylanishi, Amerika va Ispaniyada turli elektoral voqealar yuz bergan yilda yil so‘zi bu sohadagi, ya'ni siyosatdagi so‘z bo‘lishi tushunarli edi".
Uning aytishicha, "tilshunoslik nuqtai nazaridan bu atama ma'nosi o‘zgarmoqda va ko‘proq salbiy ko‘rinish olmoqda".
"Oxirgi oylar davomida biz "populizm" atamasining haqiqiy ma'nosi nima ekanligi haqida ko‘plab so‘rovlar oldik. Ayonki, uning OAVda va siyosiy debatlarda ko‘p ishlatilishi uning turli lug‘atlarda "xalq manfaatlarini himoyalash" degan ta'rifidan ko‘ra uzoqroqqa boradi", deb aytdi Laskurain.
Tilshunosning aytishicha, oxirgi vaqtda bu so‘z ishlatilishida "siyosatchilar tomonidan murakkab muammolarga oddiy yechimlarning taklif qilinishi" ma'nosi kuchaymoqda.
Ispaniyada 2014 yilda "selfi", 2015 yilda esa "qochqin" so‘zlari yil so‘zlari bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, populizm deganda saylovoldi kurashida o‘ziga ko‘proq odamlarni jalb qilish maqsadida keng ommaga asossiz va'dalar berish siyosati tushuniladi.
Mavzuga oid
21:44 / 12.11.2024
Ispaniyaning qator hududlari kuchli yog‘ingarchilik xavfidan ogohlantirildi
14:30 / 12.11.2024
RF xavfsizlik kuchlari Ispaniyada uchuvchini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
17:58 / 10.11.2024
Ispaniyada ommaviy norozilik namoyishlari: aholi Valensiya hukumati iste’fosini talab qilmoqda
22:04 / 06.11.2024