Hindistonda mahalliy “Gelik”ning yangilangan nusxasi taqdim etildi
Hindistonning Force Motors kompaniyasi yangilangan Gukha yo‘ltanlamasini taqdim etdi. Kompaniya 2000-yillar boshida Daimler konserni bilan hamkorlikda Bajaj Tempo markasi ostida tijoriy transportni taqdim etgan. Yangilangan avtomobilning dizayni esa klassik Mercedes-Benz G-Class’ga juda o‘xshash.
Gukha yo‘ltanlamasi konstruksiyasi asosini yangi lonjyeron ramasi tashkil etadi. Yangilanishdan so‘ng oldindagi ressorlar o‘rniga erkin ilgak paydo bo‘ldi, u gazga to‘ldirilgan amortizatorlarga ega, orqada esa – ko‘p richagli konstruksiya bor.
Model orqa uzatmali nusxada ham, to‘la uzatmali nusxada ham taqdim etilgan.
Yo‘ltanlamas 2,6 litrli, quvvati 85 ot kuchi bo‘lgan dizel dvigateli va besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisiga ega.
Force Gukha’da uchta eshikli, besh yoki sakkizta yo‘lovchini sig‘dira oluvchi, shuningdek yetti va to‘qqiz o‘rindiqli nusxa ham bor.
Hindistonda yo‘ltanlamas narxi 838 ming rupiydan boshlanadi.
Mavzuga oid
22:19 / 24.09.2024
AQSh Hindistonga qariyb 300 ta tarixiy buyumlarini qaytaradi
21:42 / 23.09.2024
Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
09:50 / 21.09.2024
Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
17:32 / 20.09.2024