Jamiyat | 08:50 / 02.04.2017
19438
1 daqiqa o‘qiladi

Erkak bo‘ynidagi zanjir tufayli halok bo‘lishiga bir baxya qoldi

Foto: Washington Post

32 yoshli Villi Dey qo‘lida Iphone telefoni va uni quvvatlash uchun elektr tarmoqqa ulangan quvvatlash zaryadi simini ushlagancha uxlab qolgan. Villi ertalab uyqudan turayotganda bo‘ynidagi zanjiri bilan bexosdan quvvatlash qurilmasiga tegib ketganda  uni elektr toki urgan. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda. 

Villi tok urganda his qilganlarini eng dahshatli his-tuyg‘ular deb ta'riflagan.

"Menda bu hisni ta'riflash uchun so‘z yo‘q", deb aytgan jabrlanuvchi.

Dey tok urgandan keyin yerga qulab, hech narsani his qilmay qo‘ygan, biroq qandaydir lahzada zanjirini uzib, uni chetga otib yuborishga muvaffaq bo‘lgan. Erkak bo‘yni va qo‘llarida 2- va 3-darajali kuyish jarohatlari olgan. Shifokorlarning aytishicha, Villi baxtli tasodifgina omon qolgan.

Mavzuga oid