Jahon | 16:01 / 30.04.2017
10299
1 daqiqa o‘qiladi

Tajribali alpinist Ueli Stek Everestga ko‘tarilish chog‘ida halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Sayyoramizdagi eng yuqori tog‘ cho‘qqilarini zabt etishi bilan tanilgan shveysariyalik 40 yoshli alpinist Ueli Stek yakshanba kuni Everest tog‘i cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan paytida halok bo‘ldi. Bu haqida Nepal Alpinizm federatsiyasi ma'lumotiga asoslanib, Agence France-Presse (AFP) xabar berdi

"Bugun ertalab alpinist Nuptse cho‘qqisidan qulab, halok bo‘lgan. Uning oyog‘i toyib ketgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda", - dedi Nepal Alpinizm federatsiyasi rahbari Ang Tsering Shepra. 

Everest - sayyoramizning eng yuqori cho‘qqisi. Uni zabt etish chog‘ida umumiy hisobda 280 kishi halok bo‘lgan. Yuqori nuqtalarda halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish borasida qiyinchiliklar bo‘lgani bois ba'zilarning jasadi o‘sha yerlarda qolib ketadi. 

Mavzuga oid