Zimbabvening 93 yoshli prezidenti yana saylovlarda ishtirok etmoqchi
Zimbabvening 93 yoshli prezidenti Robert Mugabe 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchi.
Mahalliy OAV yozishicha, Zimbabve poytaxti Xarareda o‘tgan yetakchi partiya "Zimbabve Afrika milliy ittifoqi - Vatanparvarlik fronti" namoyishida Mugabe o‘zining saylovoldi kampaniyasi boshlanishini ma'lum qildi.
Prezident Zimbabve fuqarolariga milliylashtirish o‘tkazishni, ya'ni oq tanli fermerlarning mol-mulkini qora tanli dehqonlar foydasiga qayta taqsimlashga va'da berdi.
Fevralda Mugabe mamlakat prezidenti lavozimiga o‘zidan boshqa munosib nomzodni ko‘rmayotganini aytgandi.
Mugabe mamlakatni 1980 yildan beri yakka o‘zi boshqarib keladi."Agar men majburiyatlarimni bajara olishimga shubha qilganimda, unda buni tan olgan bo‘lardim. Zimbabvening aksariyat fuqarolari mening o‘rnimni egallay oladigan odam yo‘qligini bilishadi", deb aytgandi prezident.
Mavzuga oid
20:55 / 14.09.2024
Zimbabve qurg‘oqchilik tufayli 200 ta filni o‘ldiradi
15:28 / 19.08.2023
«Bizga yana bir ayblov kerak». Nega Trampning reytingi unga qarshi ochilgan ishlar soni bilan birga o‘sib bormoqda?
23:18 / 27.07.2023
Putin Zimbabve prezidentiga vertolyot sovg‘a qildi
16:43 / 09.05.2023