O‘zbekiston | 21:10 / 14.11.2017
37074
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda benzin vahimasi. Shahardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar

15 noyabr kunidan O‘zbekistonda benzin narxi 35 foizgacha oshishi (AI-80 turining 1 litri uchun 2800 so‘mdan 3800 so‘mga) haqidagi xabarlar ortidan Toshkent shahridagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) uzun navbatlar yuzaga keldi.

Kun.uz fotomuxbiri joylarda bo‘lib, jarayonni kuzatdi.

Muxbirning AYoQSh xodimlariga savol bilan yuzlandi - xodimlar ularga benzin narxi ko‘tarilishi haqida hech kim hech narsa demaganini aytishmoqda, shu bilan birga soat barchasi 12:00da ma'lum bo‘lishi bildirilmoqda.

Xuddi shu vaqtda Telegram’da benzin narxi oshishi haqidagi hukumat qarori surati paydo bo‘ldi. Bu hujjat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 14 noyabrdagi 3386-sonli qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslarining jahon narxlari o‘sayotganini hisobga olib, 2017 yil 15 noyabrdan benzin va dizel yoqilg‘isi narxi oshirilishini nazarda tutadi.

Hujjatga ko‘ra, 15 noyabrdan eng arzon Ai-80 rusumidagi benzinning 1 litri narxi 3800 so‘m, Ai-91 markadagi benzin narxi esa 4300 so‘m bo‘ladi. Shuningdek, 1 litr dizel yoqilg‘isi 4100 so‘m, EKO dizel yoqilg‘isi esa 4200 so‘mga chiqadi.

O‘zbekiston​da benzin narxi yana oshishi mumkinligi haqida Kun.uz 13 noyabr kuni xabar tarqatgandi.

O‘tgan vaqt ichida «O‘zbekneftgaz» va «O‘zbekneftmahsuloti» bunday xabarlarga munosabat bildirmadi.

Bu vaqtda O‘zbekiston televideniyesida ham viloyatlarda benzin taqchilligi yuzaga kelgani, yoqilg‘i «shapka» evaziga sotilayotgani haqida tanqidiy-tahliliy lavhalar tayyorlandi.

Mavzuga oid