Jahon | 17:00 / 28.01.2018
27002
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Rossiya bo‘ylab namoyishlar o‘tkazilmoqda, Navalniy yana qo‘lga olindi

Foto: Tjournal

Bugun, 28 yanvar kuni Rossiyaning ko‘plab shaharlarida muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy tomonidan e'lon qilingan «saylovchilar zabastovkasi» kampaniyasi doirasida norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Bu aksiyalar Navalniy 18 mart kuni o‘tkaziladigan Rossiya prezidentligi saylovlariga qo‘yilmaganiga norozilik sifatida boshlangan.

Ilk aksiyalar Xabarovsk, Yujniy-Saxalinsk va Magadanda boshlandi.

Barnaulda ham meriya ruxsati bilan aksiya o‘tkazildi va unda 150 nafar atrofidagi kishi qatnashdi. «Interfaks» xabariga ko‘ra, aksiya ishtirokchilari «Pozor! 18.03.2018», «Vybory — eto kogda yest vybor», «My zdes vlast» va boshqa yozuvlar tushirilgan bannerlar bo‘lgan. Bundan tashqari, ular «Zabastovka!» deya hayqirishgan.

Foto: 2018@navalny.com
Foto: 2018@navalny.com
Foto: 2018@navalny.com

Aktsiyalar Irkutsk, Tomsk, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Kemerovo, Samara, Ufa, Ijyevsk va boshqa shaharlarda davom etib, ularda minglab kishilar ishtirok etdi.

Foto: 2018@navalny.com

Nihoyat aksiya to‘lqini Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga yetib keldi. Bu shaharlardagi aksiyalar hokimiyatdan ruxsat olinmagan holda boshlandi. Shu tufayli, politsiya ularni qo‘lga olishga kirishdi.

Foto: 2018@navalny.com
Foto: 2018@navalny.com
Foto: Varlamov.ru

Moskvaning Tverskaya ko‘chasida namoyishga chiqqan Aleksey Navalniy politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Foto: Reuters

«OVD-Info» ma'lumotiga ko‘ra, butun Rossiya bo‘ylab qo‘lga olinganlar soni 90 nafardan ortiq.

Mavzuga oid