Filning erkakka hujumi ayanchli yakunlandi (video)
Internetda hindistonlik fermerning fil tomonidan hujumga uchrashi videosi paydo bo‘ldi. Video YouTube’da joylashtirilgan.
Voqea Andxra-Pradesh shtatidagi Bangarapet shahri yaqinida yuz bergan. Videoda fil erkakni ta'qib qilib, uni toptayotganini ko‘rish mumkin. Atrofdagi odamlar filni quvib yuborishga harakat qilishgan.
Hujum oqibatida 56 yoshli fermer halok bo‘lgan. O‘rmon xo‘jaligi departamenti uning oilasiga tovon puli sifatida 7,7 ming dollar to‘lab berishga rozi bo‘lgan.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, shahar aholisi anchadan beri yovvoyi hayvonlar tajovuzidan aziyat chekib keladi. Odamlar hukumatga hayvonlarni quvib yuborish iltimosi bilan murojaat qilganlariga qaramay, muammo hanuzgacha hal qilinmagan.
Mavzuga oid
22:19 / 24.09.2024
AQSh Hindistonga qariyb 300 ta tarixiy buyumlarini qaytaradi
17:09 / 24.09.2024
“Hamma fermer imzo qo‘yib berishi kerak” - paxta yetishtiruvchilar narxni tushirishga majburlanmoqda
21:42 / 23.09.2024
Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
19:47 / 23.09.2024