Samarqandda rossiyalik shifokor ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Kadrlar salohiyati va malakasini oshirishga qaratilayotgan e'tibor sabab, xorijning nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan taniqli professorlar bilan hamkorlikda eng murakkab jarrohlik amaliyotlari viloyat shifoxonalarida ham o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda KUN.UZ’ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.
Viloyat silga qarshi kurashish dispanserida o‘tkazilgan navbatdagi jarrohlik amaliyoti nafaqat kadrlar malakasini oshirish balki viloyatimiz fuqarosi uchun ham har jihatdan qulay imkoniyat yaratdi.
Rossiyaning Ivan Sechenov nomidagi 1-Moskva Davlat universitetining ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, professor Dmitriy Borisovich Giller ishtirok etgan mahorat darslari sil kasalligi va u bilan bog‘liq muammolarni murakkab jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etishga qaratildi.
— Samarqandda birinchi bor jarrohlik amaliyotini o‘tkazyapman, — deydi, professor Dmitriy Borisovich. — Bunday kasalliklarni davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi shifokorlar bilan bir necha yildan buyon hamkorlik qilib kelyapmiz. Bugun esa bu boradagi hamkorligimiz ilmiy-amaliy jihatdan tobora kuchaymoqda.
O‘tkazilgan mahorat-darsida o‘ng o‘pka yuqori bo‘lagi tsirrotik sil tashxisi bilan davolanayotgan bemorda pulmonektomiya jarrohlik amaliyoti qo‘llanildi.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024