Jahon | 16:50 / 20.03.2018
10831
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik diplomatlar bo‘lgan uchta avtobus Londondagi elchixona hududini tark etdi

Foto: TASS

Buyuk Britaniyadan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi tufayli chiqarib yuborilayotgan rossiyalik diplomatlar va ular oila a'zolari Rossiyaning Londondagi elchixonasini tark etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, jo‘nab ketayotganlarni elchixonaning barcha xodimlari kuzatib qo‘ygan. Rossiyaliklar aeroportga uchta avtobusda jo‘nab ketishgani aytilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir davlat rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga yaqin ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid