O‘zbekiston | 22:25 / 12.08.2018
9156
2 daqiqa o‘qiladi

"Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universitetining birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universitetiga birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi, unda bir o‘ringa 10 abituriyent da'vogarlik qildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi 3815-sonli qarori bilan Samarqand shahrida "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Saidakbarxon Akbarov universitetga tashrif buyurib, ilk kirish imtihonlari oldidan abituriyentlarni qo‘llab-quvvatladi. 

"Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universiteti birinchi marta abituriyentlarni qabul qilayotgan bo‘lishiga qaramay, unda o‘qish istagini bildirganlar soni 1225 kishini tashkil qildi, bu esa mamlakatda turizm sohasiga bo‘lgan qiziqishning oshib borayotganidan dalolat bermoqda. 1225 kishidan 125 nafarigina universitetga kirishi mumkin, bir o‘ringa 10 abituriyent da'vogarlik qilmoqda. 125 talabadan 42 nafari davlat granti asosida qabul qilinadi.  

Universitet faoliyatini tashkillashtirishda turizm sohasidagi xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. 

Saidakbarxon Akbarov yangi universitet abituriyentlariga motivatsiya berib,  test oldidan ularni qo‘llab-quvvatladi va o‘z nutqida turizm O‘zbekistonning strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanishi bois mamlakat rahbariyati tomonidan aynan shu oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilariga katta umid bog‘lanayotganini alohida ta'kidladi. 

Mavzuga oid