O‘zbekiston | 09:10 / 01.10.2018
19852
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Hindistonda prezident Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim prezidentning Facebook’dagi sahifasida efirga uzatildi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston madhiyasi yangradi.
Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini tantanali kutib olish marosimi Hindiston prezidentining saroyida bo‘lib o‘tdi.
Mirziyoyev O‘zbekiston va Hindiston ommaviy axborot vositalari uchun qisqa bayonot ham berdi.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan tor va keng doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:42 / 23.09.2024
Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
09:50 / 21.09.2024
Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
17:32 / 20.09.2024
Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan va urushga yuborilgan o‘nlab hindistonliklar vataniga qaytdi
22:24 / 19.09.2024