O‘zbekiston | 12:16 / 02.10.2018
65357
2 daqiqa o‘qiladi

Uy-joy uchun aholi to‘laydigan badallar foizi kamaytirilgani tufayli davlat byudjyeti o‘zgardi

Foto: ridus.ru

Davlat byudjyeti parametrlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi ma'lumotnoma Senat tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Byudjyet kodeksining 144 - moddasiga muvofiq, Davlat byudjyeti xarajatlariga uning ijrosi jarayonida Davlat byudjyetining tasdiqlangan parametrlariga nisbatan Davlat byudjyeti xarajatlarini 10 va undan ortiq foizga ko‘paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Davlat byudjyeti parametrlariga o‘zgartirish kiritishning asosiy omillari:

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga asosan shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarning aholi tomonidan to‘lanadigan boshlang‘ich badallarining 25 foizdan 15 foizga kamaytirilishi hamda qishloq joylarda namunaviy arzon uy-joylarning aholi tomonidan to‘lanadigan boshlang‘ich badallarining 15 foizdan 10 foizga kamaytirilishi natijasida byudjyetdan qo‘shimcha ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdorining oshishi;

viloyat hokimliklari tashabbuslariga ko‘ra 2018 yil uy-joylar qurilishi dasturlariga qo‘shimcha ravishda:

- shaharlarda 76 ta ko‘p kvartirali uylar qurilishi;
- qishloq joylarda 5 276 ta namunaviy arzon uy-joylar qurilishi hisobiga davlat byudjyetidan qo‘shimcha mablag‘lar talab etilganligi bois Davlat byudjyeti xarajatlari parametrlarini oshirish bo‘yicha Oliy Majlisga taklif kiritilgan.

 

Mavzuga oid