Sport | 10:15 / 27.11.2018
8111
1 daqiqa o‘qiladi

Sobiq futbolchi narkolaboratoriya tashkil etgani uchun 15 yilga qamalishi mumkin

Foto: Muzi Ntombela/BackpagePix

Janubiy afrikalik sobiq futbolchi Mayk Mangena o‘z fermasida narkolaboratoriya tashkil etgani uchun hibsga olindi. 

The South African ma'lumotiga ko‘ra, muqaddam «Uotford» va «Kayzer Chifs» klublarida to‘p surgan, 60 yoshli Mangena fermasida giyohvand moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha laboratoriya topilganidan keyin politsiyaga o‘zini topshirgan. Keyinchalik sobiq futbolchi garov evaziga qo‘yib yuborildi, uning ikki sherigi esa qamoqda qoldirildi.

Mahalliy qonunlarga ko‘ra, Mangena giyohvand moddalarni saqlagani uchun 15 yilga qamalishi mumkin.

Mavzuga oid