O‘zbekiston | 12:37 / 17.12.2018
64736
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz» rahbari prezidentning benzin narxi pasayishi haqidagi so‘zlarini tushuntirdi

Foto: Sputnik

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Bahrom Ashrafxonov prezident Shavkat Mirziyoyevning Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘isi ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirilgandan keyin benzin narxi pasayishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

«GTL zavodi ishga tushirilishi munosabati bilan aviakerosin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqariladi. Bu shuni anglatadiki, bunday tovarlarni ishlab chiqarish uchun xomashyoni import qilmaymiz. Import qilinadigan neft qismi benzin ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, bu benzin tannarxining pasayishiga olib keladi», - dedi u jurnalistlarga.

O‘tgan haftada zavod qurilish maydonchasiga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning mahsulotlari hozirda chetdan import qilinayotgan xomashyolar o‘rnini qoplaydi. Buning evaziga yiliga neft sotib olishga ketadigan 1 milliard dollardan ortiq valuta mablag‘lari iqtisod qilinadi.  

Yiliga hisoblaganda, tabiiy gazdan ko‘ra tayyor GTL mahsulotlaridan ko‘riladigan qo‘shimcha daromad 576 million dollardan oshadi.
 
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard AQSh dollariga teng. Loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz chuqur qayta ishlanib, YeVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 million tonna sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi. Bular 311 ming tonna aviakerosin, 743 ming tonna dizel yonilg‘isi, 431 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gazdir.

Mavzuga oid