Jahon | 12:49 / 07.01.2019
31574
2 daqiqa o‘qiladi

Skripalga qilingan suiqasdning barcha tafsilotlari aniqlandi

Foto: Wikipedia

Buyuk Britaniya hukumatining fikricha, Solsberida Rossiya harbiy razvedkasi sobiq zobiti Sergey Skripalga nisbatan amalga oshirilgan suiqasdning barcha tafsilotlari aniqlandi. Bu haqda The Telegraph hukumatdagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ular ma'lumotiga ko‘ra, rasmiylarning Rossiya Bosh shtabi Bosh boshqarmasi (GRU) sobiq polkovnigi zaharlanishi haqida «barcha bilish kerak bo‘lgan narsa» aniqlanganiga ishonchi komil. Xabarda aytilishicha, Britaniya tomoni Solsberida yuz bergan hodisa uchun mas'ul shaxslarning butun zanjiridan yaxshi xabardor. U, gazeta suhbatdoshlarining bildirishicha, Rossiya rahbariyatiga olib boradi.

Shuningdek, manbalarning nashrga xabar qilishicha, Buyuk Britaniya hukumati mamlakat hududida GRU agentlari tarmog‘i fosh etilgan, deb hisoblaydi, biroq endi Rossiya Tashqi razvedka xizmati tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan harakatlardan xavfsiramoqda. Londondan bildirishlaricha, SSSR GRU Birinchi bosh boshqarmasi vorisi bo‘lgan Tashqi razvedka xizmati GRUdan xavfliroq va ancha professionalroq, shuning uchun harbiy razvedkaga qaraganda ko‘proq tahdid uyg‘otadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallar harbiy bazada ushlab turilgani taxmin qilingandi.

Mavzuga oid