Jamiyat | 08:08 / 23.04.2019
3966
2 daqiqa o‘qiladi

Ledokol Group reklama xoldingi 11 yoshda

Foto: Ledokol Group

 

Ledokol Group marketing kompaniyasi guruhi o‘zining 11 yilligini nishonlamoqda. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishi – reklamalarni ommaviy axborot vositalari, shuningdek TV va internet-reklamalarda joylashtirishdir. Bugungi kunda Ledokol Group O‘zbekiston Milliy OAV Kengashining a'zosi ham hisoblanadi.

Foto: Ledokol Group

O‘z faoliyatini 2008 yil aprel oyida nostandart reklama loyihalarini ishga tushirish bilan boshlagan bo‘lib, agentlik internet-reklama ishlaridan tortib keng miqyosdagi respublika loyihalarini amalga oshirishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bugungi kunda Ledokol Group marketing kompaniyasi guruhida quyidagilar taqdim etiladi:

·        Mamlakatdagi internet-reklama yo‘nalishidagi yetakchi reklama agentligi (Mail.ru Group, Yandeks, Google va Facebook bilan ko‘p yillik hamkorlik ortidan);

·        Densu Aegis Network yirik xalqaro reklama guruhi;

·        PR-agentlik va kontekst reklama agentligi (Google / Yandeks qidiruv tizimlaridagi reklama);

·        Africa SMM-agentligi;

·        Har yili digital-marketing sohasidagi yirik xalqaro konferensiyalar  – USENET va MOBICON'ni tashkillashtirish va o‘tkazish.

«Biz o‘z Tavallud Kunimizni ko‘plab eng yirik mahalliy va xalqaro reklama beruvchilar bilan qarshi olayotganimizdan juda ham mamnunmiz. Biz muntazam ravishda o‘z xodimlarimizning kasbiy mahorati ustida ishlamoqdamiz va bu yil biz bozorga birdaniga bir nechta loyihalarni taqdim etamiz», – deya ta'kidladi Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov.

Mavzuga oid