Samarqand shahriga yangi hokim tasdiqlandi
Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtgacha Samarqand shahar prokurori vazifasida ishlab kelgan Oblaqulov Boburmirzo Salomovich Samarqand shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bu haqda sessiyada qatnashgan Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Boburmirzo Oblaqulov 1972 yil Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand shahar prokurorligidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Samarqand viloyat prokuraturasida faoliyat ko‘rsatgan, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlarida prokuror lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrining oldingi hokimi Furqat Rahimov 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
10:53
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
14:23 / 29.10.2024