Pokistonda poyezdlar to‘qnashuvi 21 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Pokiston shimolidagi Panjob viloyatida yo‘lovchi va tovar poyezdlari to‘qnashishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, 89 kishi jarohat oldi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar berdi.
Lahordan Kvettaga yo‘lovchilarni olib ketayotgan poyezd Rahimyor-Xor shahrida turgan tovar poyezdiga katta tezlikda kelib urilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdi o‘z yo‘lida harakatlanmagan. To‘qnashuv oqibatida poyezdning 3 ta vagoni relslardan chiqib ketgan. Guvohlarning xabar berishicha, to‘qnashuv erta tongda, aksariyat yo‘lovchilar hali uyquda bo‘lgan vaqtda yuz bergan.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, voqea joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlangan. Barcha jarohatlanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilganlar. Voqeaning tergovi olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
14:10 / 10.09.2024
Niderlandiyada qotillikka undaganlikda ayblangan ikki pokistonlik sudlandi
09:29 / 10.09.2024
Toshkentda 36 yoshli ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi
12:27 / 21.08.2024