Hindiston Islomobod bilan faqat Pokiston nazoratidagi Kashmirni muhokama qilishga tayyor
Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx agar Nyu-Dehli Islomobod bilan bahsli Kashmir masalasi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar olib borsa ham, bu Hindiston nazoratidagi Jammu va Kashmir emas, balki 1947 yildan beri Pokiston nazoratida bo‘lgan hudud haqidagi muzokaralar bo‘lishini aytdi.
"Agar Pokiston bilan muzokaralar olib borilsa, endi bu Pokiston egallab olgan Kashmir bo‘yicha muzokaralar bo‘ladi", deb aytgan Singx NDTV telekanalida. U shuningdek, muzokaralar boshlanishidan oldin Islomobod "Kashmirdagi terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni" bas qilishi kerakligini aytgan.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar rasmiy Nyu-Dehli 5 avgust kuni Jammu va Kashmir shtatini tugatib, bu hududda ikkita ittifoqdosh hudud – Jammu va Kashmir hamda Ladakxni (shtatga nisbatan kamroq huquqlarga ega ma'muriy birliklar) tashkil etgandan keyin keskinlashgan.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi ortidan bog‘ va muzeylar yopilmoqda
12:52 / 08.11.2024
Pokiston O‘zbekistonda zaytun plantatsiyalarini tashkil etishi mumkin
20:33 / 07.11.2024